Bizning
jamoamizga
qo'shiling
BARAKA Development
1. Tanish-bilishlarsiz ish – Bizning kompaniyamiz a'zosi bo'lish uchun sizdan
hech qanday tanish-bilish talab qilinmaydi.
2. Karyera o'stirish imkoniyati – Tanish-bilishga emas, balki sizning o'z
harakatingizga qarab xodimdan rahbar lavomigacha chiqish.
3. Ko'ngilochar tadbir va xordiqlar – Yilda 3 marttagacha barcha kompaniya
xodimlari uchun har xil turdagi ko'ngilochar tadbirlar va sayohatlar.
4. Ahil va ijodkor jamoa – Bizda har bir xodimning fikri va taklifi
qadrlanadi. Samarali
hamkorlik va oʼzaro jamoaviy qoʼllab-quvvatlash orqali barcha muvaffaqiyatlarimizga erishamiz.
5. Bepul kasbiy ta'lim – o'z yo'nalishingiz bo'yicha kompaniyada ichki va
tashqi
tizimli ta'lim olish imkoniyati.
6. Аdolatli maosh va motivatsiya tizimi – Biz sizga barqaror maosh, bonuslar va
mukofotlar tizimini
taklif etamiz. Sizning mehnatingiz har doim qadrlanadi va munosib ragʼbatlantiriladi.
7. Zamonaviy ish sharoiti va qulayliklar – Barakada siz zamonaviy
texnologiyalar
bilan ishlaysiz va
oʼz qobiliyatingizni toʼliq namoyon qilish uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi.
Baraka – maishiy texnika, elektronika va mebel mahsulotlarini muddatli toʻlov asosida sotuvchi doʻkonlar tarmogʻi. Kompaniya 2014-yilda Qoʻqon shahrida tashkil etilgan. Korxonamiz 10 yildan oshiq muddat mobaynida koʻplab yurtdoshlarimizga halol muddatli toʻlovga mahsulotlar yetkazib berib kelmoqda.
Baraka kompaniyasining muvaffaqiyati – bu bizning professional va fidoyi jamoamizning samimiy mehnati natijasidir. Har bir xodimimiz mijozlarimizga yuqori sifatli xizmat ko’rsatish va ishonchli hamkorlikni ta’minlashga intiladi. Jamoamizning malakasi va tajribasi tufayli biz doimiy ravishda o’sib boramiz va yangiliklar yaratamiz.
Tanishing – bizning jamoa a’zolari! Har birimiz kompaniyaning yuksalishiga o’z hissamizni qo’shishga tayyormiz!
* Kompaniyamiz ustunlari